Javohir Sindorov “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” g‘olibi bo‘ldi
Shaxmatchi 6,5 ochko jamg‘arib, xalqaro turnirning “Masters” guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” kutilgan va kutilmagan natijalarga boy kechdi.
Isteʼdodli shaxmatchi Javohir Sindarov 6,5 ochko jamg‘argan holda mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan "Rustam Qosimjonov xalqaro turniri"ning “Masters” guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Eronlik shaxmatchi Parxam Magsudlu 6 ochko bilan 2-o‘rinni, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 5 ochko jamg‘argan holda uchlikka yakun yasadi. Ushbu guruhda g‘oliblikka asosiy daʼvogar sanalgan Nodirbek Abdusattorov kuchli beshlikdan o‘rin oldi.
Xalqaro turnirning “Chellenjer” guruhida hamyurtimiz Ortiq Neʼmatov va serbiyalik Aleksandar Indjich 6,5 ochkoga ega bo‘lishdi. Ammo koyfetsentlar evaziga serbiyalik shaxmatchi 1-o‘rinni hamyurtimiz Neʼmatov ushbu guruhda 2-o‘rinni egallaganligi qayd etildi.







