Neymar onlayn qimorda yutqazib qo‘ydi
Jarohat olib, mavsum oxirigacha dam olgan futbolchi ikki soat davom etgan qimor o‘yinida 1 million yevrodan ko‘proq pul yo‘qotdi.

Mashhur braziliyalik, PSJ klubi hujumchisi, pokerga bo‘lgan muhabbati bilan tanilgan Neymar 29 mart kuni onlayn qimor o‘ynab, 1 million yevro yutqazdi. Bu haqda championat.com xabar berdi.
Jarohat olib, mavsum oxirigacha dam olgan 31 yoshli futbolchi ikki soat davom etgan qimor o‘yinida 1 million yevrodan ko‘proq pul yo‘qotdi.
Neymar tez-tez poker turnirlarida qatnashadi va bu karta o‘yinidagi ko‘plab tadbirlarning qiyofasi sifatida ham ko‘riladi.
Hozirda braziliyalik futbolchi tizzasiga qilingan operatsiyadan tuzalmoqda. Mavsumning qolgan qismida maydonga tushmasligi va keyingi mavsum uchun mashg‘ulotlarni boshlashi aniq.
Joriy mavsumdagi 29 uchrashuvda Neymar 18 marta gol urdi va 17 golga assistentlik qildi. Hujumchi va PSJ o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilda yakuniga etadi.







