Bir chorakda 172 sovrin
Bugun – Taraqqiyot va tinchlik yo‘lida xalqaro sport kuni.

Sportni tinchlik elchisi, deb atash azaldan taomilga aylangan. Uning yoniga taraqqiyot tushunchasining qo‘shilishida ham o‘ziga xos ramziy maʼno bor. Shu bois, jahonda 6 aprel Taraqqiyot va tinchlik yo‘lida xalqaro sport kuni sifatida keng nishonlanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda sportga eʼtibor har qachongidan kuchayib bormoqda. Uning nafaqat jahon miqyosida mamlakatimiz nufuzini oshirish, balki kundalik hayotimizda sog‘lom turmush tarzi sifatidagi o‘rni ham tobora kengayib boryapti.Sportning ko‘plab turlari bo‘yicha yuksak natijalarga erishilyapti.
Buni ayni paytda Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktablari faoliyatida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
— Ayni paytda "Jismoniy tarbiya va sport" yo‘nalishida 10 nomdagi to‘garakda jami 23 ming 883 nafar o‘g‘il-qiz turli sport turlari bo‘yicha mashg‘ulot olib boryapti, - deydi Respublika “Barkamol avlod” maktabi direktori Sevara Mahmudova. — Eng muhimi so‘nggi yillarda o‘quvchilarimiz sportning, ayniqsa, taekvondo, karate, stol tennisi va mini futbol turi bo‘yicha ham xalqaro, ham mamlakatimiz miqyosida katta yutuqlarni qo‘lga kirityapti. Masalan, shu yilning birinchi choragidayoq jami 172 nafar, shundan 37 nafar o‘quvchiimz xalqaro, 135 nafari esa O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Buni, o‘z navbatida, mamlakatimizda sportga bo‘lgan eʼtiborning yorqin natijasi, deb atash mumkin.







