Turkiya — hashamatli to‘ylarning “sevimli manzili”

Ushbu mamlakat yillar o‘tsa-da yoddan chiqmaydigan to‘ylarni tashkillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega.

Turkiya — hashamatli to‘ylarning “sevimli manzili”

 

Yillar o‘tsa-da yoddan chiqmaydigan to‘ylarni tashkillashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan Turkiya, dunyoning yetakchi hashamatli to‘y tashkilotchilari birlashmasi RSVPning – “RSVP Gala mukofotini topshirish marosimi”da dunyoning eng “sevimli manzili” deya eʼtirof etildi.

 

RSVP hashamatli to‘ylar va ziyofatlar dunyosini birlashtiradigan taniqli platforma bo‘lib, simpoziumlar, konferensiyalar, taqdirlash marosimlari va tarmoq tadbirlarini tashkil qiladi. 2018 yildan beri har ikki yilda bir marta o‘tkazib kelinayotgan RSVP anjumani global hashamatli to‘y va ziyofatlar sanoatida yetakchi tadbir hisoblanadi. RSVPning bu yilgi yig‘ilishi Ispaniya poytaxti Madridda bo‘lib o‘tdi. Konferensiya serhasham to‘y, ziyofat va tadbir sohasi mutaxassislariga, shuningdek, nufuzli maʼruzachilarga mezbonlik qildi. 30 mamlakatdan 250 ga yaqin ishtirokchilar ishtirok etgan konferensiyada barqaror tashkilotlar, brending va to‘y va tadbirlar sektoridagi tendensiyalar bo‘yicha turli simpoziumlar o‘tkazildi.

 

Turkiya marosimdan mukofot va va mezbonlik masʼuliyati bilan qaytdi

 

Konferensiya bu yilgi tadbirga kiritilgan taqdirlash marosimi bilan “birinchi” o‘rinni Turkiyaga taqdim etdi. 20 toifadan iborat bo‘lgan RSVP Global mukofotlari Turkiyani “Maqsad” nominatsiyasida “Sevimli manzil” mukofoti bilan taqdirladi.

 

Marosimda, shuningdek, navbatdagi konferensiyaning 2024 yil 2-5 aprel kunlari Istanbulda bo‘lib o‘tishi eʼlon qilindi. Istanbul dunyo miqyosidagi keng qamrovli marosim va tantanalarni aʼlo darajada tashkillashtira olishi va hozirgi zamonaviy shaharlardan biri ekanligi tadbirda alohida tilga olindi.

 

Turkiya to‘y turizmi uchun "Sevimli manzil"!

 

Sharqning azaliy anʼanalari va G‘arbning zamonaviy sifatlarini o‘zida mujassam etgan madaniy merosi, shuningdek, xilma-xil va betakror oshxonasi va cheksiz xarid qilish imkoniyatlari tufayli Turkiya sayohatchilar uchun asosiy tanlovlardan bo‘lib kelmoqda. Mamlakat butun dunyo bo‘ylab nikoh to‘ylarini ushbu afsonaviy manzilda nishonlamoqchi bo‘lgan juftliklarni qabul qilishga doimo shaydir. Istanbul, Bodrum, Antaliya, Kapadokiya, Go‘jek, Cheshme va Fethiye kabi turizm shaharlari joylashuvidan tortib gastronomiyasigacha ko‘plab qiziqarli tanlovlarni taklif etuvchi dunyo miqyosidagi mashhur manzillardan sanaladi. Ushbu to‘y va ziyofatlarni yuqori darajada har bir qismiga diqqat qaratgan holda rejalashtiradigan maxsus malakali mutaxassislar mavjud bo‘lib, ular nafaqat juftliklarni, balki, mehmonlarni ham yaratgan go‘zalliklariyu, antiqa taomlari bilan hayratda qoldiradilar.

 

Istanbul: Anʼanaviylik va zamonaviylik uyg‘unligi

 

Turkiyaning “turizm poytaxti” Istanbul, to‘ylar uchun eng mashhur tanlovlardan biridir. Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lgan shaharning o‘ziga xos muhiti va dunyoning deyarli istalgan nuqtasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchishlarni taklif qiluvchi aviakompaniyalar tufayli Istanbulga turli qitʼalarda yashovchi mehmonlarning osonlik bilan kela olishlari bu uning asosiy ustunligidir. Istanbulning jozibali va hashamatli mehmonxonalari 200 dan 2000 gacha to‘y mehmonlarini sig‘diradigan yopiq va ochiq joylar maydonlarga ega. Ajoyib arxitekturasi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turadigan ushbu mehmonxonalarda ziyofat zallari, kurort markazlari va yam-yashil bog‘lar mavjud bo‘lib, ularda juftliklar istagancha ko‘ngil yozishlari va umr bo‘yi davom etadigan xotiralarni tarixga muhrlab qo‘yishlari mumkin.

 

Istanbulning to‘y o‘tkazish manzillari faqat hashamatli mehmonxonalar bilan chegaralanmaydi. Usmonli imperiyasining sobiq poytaxti sifatida shahar o‘zining ko‘zni qamashtiruvchi saroylari, hamda, villalariga ega. Ularning aksariyati asl qiyofasida tiklangan va zamonaviy buyumlar bilan jihozlangan. Bularning aksariyati Bosfor bo‘g‘ozi bo‘ylab joylashgan va sizga ajoyib manzaralarni taqdim etadi va muhtasham to‘ylar uchun ajoyib muhit yaratib beradi.

 

Bodrum: dabdabali to‘ylarning voz kechilmas manzili

 

Egey mintaqasining eng mashhur hashamatli dam olish maskanlaridan biri bo‘lgan Bodrum, romantikaga boy to‘ylar uchun go‘zal muhitni taqdim etadi. Istanbul singari, Bodrumga ham ko‘plab mamlakatlarning poytaxtlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali osongina yetib borish mumkin.

 

To‘y maskanlari nuqtai nazaridan Bodrumda dunyoga mashhur hashamatli mehmonxonalar tarmog‘i va ko‘p qirrali yopiq va ochiq tadbir maydonlariga ega romantik mehmonxonalar mavjud va ular 150 dan 1000 tagacha mehmonlarni o‘zida jamlaydi. To‘ylarni boshidan oxirigacha rejalashtirish va boshqarish bo‘yicha mutaxassislar birlashgan holda, Bodrumdagi muassasalar kelin kuyovning barcha orzularini ro‘yobga chiqarish uchun barcha kerakli xizmatlarni taqdim etadi.

 

Bodrumning dunyoga mashhur sohillaridan birida turmush qurishni istagan juftliklar mintaqadagi 5 yulduzli dam olish maskanlarini yoki yana-da samimiy va o‘ziga xos muhitga ega bo‘lgan to‘y manzillarini tanlashlari mumkin.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Turkiya — hashamatli to‘ylarning “sevimli manzili” | Zamon.uz