Sport

Arujan Kamalova xalqaro turnirda kumush medal sohibi bo‘ldi

Fransiyaning Mes shahrida o‘tkazilayotgan “WTT Youth Series” turnirining 13 yoshli sportchilar o‘rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Arujan Kamalova kumush medal sohibiga aylandi.

Arujan Kamalova xalqaro turnirda kumush medal sohibi bo‘ldi

 

Xalqaro stol tennisi federatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining aʼzolari bo‘lgan Asel Yerkebayeva, Marhabo Magdiyeva va Arujan Kamalova o‘z yosh yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.  

 

Kecha xalqaro turnirning U-13 toifasida Arujan Kamalova hamda U-15 toifasida  Asel Yerkebayeva o‘z ishtiroklarini yakunladi.  

 

Isteʼdodli kichik raketkachimiz A.Kamalova saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Asosiy bellashuvlarda portugaliyalik Lenor Gomesni, ukrainalik Valeriya Korzunni, singapurlik Tan Klarani, fransiyalik Liza Jaoni mag‘lub etdi. Eʼtiborlisi, hamyurtimiz ushbu tennischilarning barchasini 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi.  

 

Final ostonasiga dadil odim tashlagan Arujan Kamalova yarim finalda Fransiya terma jamoasi aʼzosi Tanya Moris bilan ro‘baro‘ keldi. Shiddatli va kuchli ruhiy kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda tennischimiz mezbonlar vakilini uch  partiya natijasiga ko‘ra, 3:2 ko‘rinishida yengishga muvaffaq bo‘ldi.  

 

Finalda esa hindistonlik kichik raketka ustasi Divyanshi Bxoumik  bilan kuch sinashdi. Shiddatli o‘tgan o‘yinning 1-turida 11:9, 2-turida 11:3 va 3-turda 11:2 hisobida hindistonlik sportchi foydasiga hal bo‘ldi. Shu tarzda Kamalova xalqaro turnirni kumush medal bilan yakunladi.  

 

15 yoshlilar o‘rtasidagi basʼhlarda ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzosi Asel Yerkebayeva dastlab portugaliyalik Djuliya Lealni 3:1 hisobida yenggan bo‘lsa, keyingi bosqichda xitoylik Sinan Sunga imkoniyatni boy berdi. Shunday bo‘lsa-da, turnirdagi yaxshi natijasi tufayli pley-off bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan Aseldan 1/64 final pillapoyasida fransiyalik Jeyd Xayun 3:2 hisobida ustun kelib, 1/32 final sari yo‘l oldi.  

 

Mazkur xalqaro turnir musobaqalari 23 aprelga qadar davom etadi.  

 

Fransiyada o‘tayotgan xalqaro turnir bilan bir vaqtda Belgiyada WTT Youth Contender turniri ham tashkil etilmoqda. Mes shahrida kechayotgan musobaqalarda ishtirokini yakunlagan tennischi qizlarimiz Belgiya turnirida qatnashishga hozirlik ko‘rmoqda.  

 

Shu o‘rinda aytish lozim, o‘tgan yili ushbu turnirlarda qatnashgan stol tennischilarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.  

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Arujan Kamalova xalqaro turnirda kumush medal sohibi bo‘ldi | Zamon.uz