Rossiyada neft bazasi yonmoqda
Vaziyat jiddiy deb baholanmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasidagi neft bazasi hududidagi yong‘in yuz bermoqda. Alanga hozirgacha 1200 kvadrat metr maydonni egallab oldi.
Yong‘inni o‘chirishga 23 ta texnika jalb etilgan, 188 kishi yong‘inni bartaraf etmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in jiddiy, uni mahalliylashtirish uchun ko‘pikdan foydalanilmoqda.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Qurbonlar yo‘q.







