Sport

Serxio Buskets 15 yillik jamoasini tark etishga qaror qildi

Bugun “Barselona” futbolchining klubdan ketishini rasman maʼlum qilishi kutilmoqda.

Serxio Buskets 15 yillik jamoasini tark etishga qaror qildi

 

“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

 

“Barselona” yaqin orada Busketsning ketishini bugun klub eʼlon qilishi kutilmoqda. Ispaniyalik yarim himoyachiga AQSH va Saudiya Arabistonidan takliflar bor. Futbolchining o‘zi faoliyatini Saudiya klubida davom ettirishdan manfaatdor. Ispaniyalik futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Buskets “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008 yildan buyon klubda to‘p suradi va uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Serxio klubni yaxshi kayfiyatda tark etishi mumkin: “Barselona” La Ligada g‘alaba qozonishga yaqin turibdi va kelasi dam olish kunlaridayoq chempionlikni qo‘lga kiritishi mumkin.

 

Serxio Buskets 15 yillik jamoasini tark etishga qaror qildi | Zamon.uz