Toshkentda harakatlanayotgan “Damas” yonib ketdi — video
Hodisa Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘ldi.

Toshkent shahrida harakatlanayotgan “Damas” rusumli mashinada yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 11 may kuni, soat 13:23 da Bunyodkor shohko‘chasida ro‘y bergan. Ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:34 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:37 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







