Ispaniya chempioniga aylangan De Yong APLga o‘tishi mumkin
Futbolchi “Barsa”ning moliyaviy holati haqida gapirdi.

“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong Kataloniya klubi moliyaviy muammolarga duch kelganida "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligini tan oldi.
"Klub qiyin ahvolda va ular meni katta pulga sotishlari mumkin edi. Klub buni amalga oshirishni xohladi hamda "Manchester Yunayted" bilan muzokara olib borishdi, lekin men ketishni istamadim", - dedi De Yong.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli De Yong “Barselona”ga 2019 yilda Amsterdamning “Ayaks” klubidan kelib qo‘shilgan edi. Kataloniya klubi gollandiyalik yarim himoyachi uchun 86 million yevro to‘lagan. De Yongning jamoa bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Bu mavsumda u Ispaniya chempioniga aylandi.







