"Oltin to‘p" 30 oktabr kuni topshiriladi
Nomzodlar 6 sentabr kuni eʼlon qilinadi.

"Oltin to‘p"ni topshirish marosimi sanasi maʼlum bo‘ldi. Fransiyaning "France Football" jurnali 30-oktabr kuni Parijdagi Chatelet teatrida bo‘lib o‘tadigan maxsus marosimda 2022/23-yilgi mavsum yakunida dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomini eʼlon qiladi. Nomzodlar nomi 6 sentabr kuni eʼlon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda "Oltin to‘p" “Real” Madridda o‘ynagan hujumchi Karim Benzemaga topshirilgandi. 2022 yildan boshlab mukofot taqvim yiliga emas, balki mavsum natijalariga ko‘ra beriladi.







