Toshkent shahri yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi
Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha Qozog‘istonning Ostona shahrida Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi Kongressi tashkil etilgan. Unda tashkilotga aʼzo milliy federasiya va assosiasiya vakillari jumladan, O‘zbekiston sambo assosiasiyasi raisi Alisher Alimov ishtirok etgan.
Kongress davomida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, oldinda turgan musobaqalarga mezbonlik qiladigan davlat nomlari ham aniqlab olingan.
Unga ko‘ra, 2025 yil sambo bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonligi uchun daʼvogarlik qilgan Toshkent shahri varianti bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan. Shu tariqa, 2 yildan keyingi chempionat O‘zbekiston poytaxtida o‘tkaziladi.







