“Bavariya” Nagelsmann uchun 10-15 million yevro talab qilmoqda
“PSJ” hali muzokaralarga kirishgani yo‘q.

“Bavariya” Yulian Nagelsmann uchun 10-15 million yevro talab qilmoqda. "Sky Sports" jurnalisti Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, murabbiyga qiziqayotgan “PSJ” hozircha taklif bilan chiqqani yo‘q. Hozircha “Bavariya” bilan muzokaralar davom etmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubi mart oyida Nagelsmanni istefoga chiqargandi, biroq 35 yoshli murabbiy bilan shartnoma bekor qilinmagan.







