“Inter” bizdan tarix bobida ustun, lekin bu muhim emas"
Pep Gvardiola bugungi final haqida gapirdi.

Pep Gvardiola “Inter”ga qarshi Chempionlar ligasi finali haqida umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men odamlarning fikrlarini nazorat qila olmayman. Biz faqat nima qilishimiz kerakligiga eʼtibor qaratishimiz kerak. Hammasini o‘yin ko‘rsatadi. Va eng yaxshi 95 daqiqaga ega bo‘lgan jamoa g‘alaba qozonadi. “Inter” bizdan tarix bobida ustun. Lekin bu muhim emas. Istanbul vaqti bilan 22:00da raqibdan yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz. Bu hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin", — dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.







