Kante hali bir qarorga kelmagan
U Saudiyaning uchta klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Ngolo Kante Saudiya Arabistonining uchta klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Oldinroq fransiyalik futbolchi “Al-Ittihod” bilan shartnoma imzolashi haqida maʼlumotlar paydo bo‘lgan va kelishuv allaqachon yopilgan edi. Biroq, "Foot Mercato" nashrining xabariga ko‘ra, unday emas, Kantening kelishuvi yo‘q, u hali yakuniy qarorga kelmagan. Futbolchining agenti Saudiyaning uchta klubi - “Al-Ittihod”, “Al-Nasr” va “Al-Hilol” bilan muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kante “Chelsi”da 2016 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Klub bilan u liga va Angliya kubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi.







