“Liverpul” Pavardning agentlari bilan bog‘landi
Klub uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Bild” jurnalisti Kristian Falkning xabariga ko‘ra, “Liverpul” fransiyalik himoyachi Benjamin Pavarning agentlari bilan aloqaga chiqdi. Angliya jamoasi “Bavariya” himoyachisini sotib olishni rejalashtirmoqda va shuning uchun uning agentlari bilan transfer masalasini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bundesliganing 2022/2023 yilgi mavsumida Benjamin Pavard 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi “Bavariya”ga 2019/2020 yilgi mavsumda kelib qo‘shilgan va to‘rt mavsumdan beri klubda o‘ynamoqda.







