Sport

"Bolaligimizda muzqaymoq uchun hatto bir funt ham topolmagan kunlarimiz bo‘lgan"

Chempionlar ligasi g‘olibi Kayl Uoker qiyinchilikda o‘tgan kunlari haqida gapirdi.

"Bolaligimizda muzqaymoq uchun hatto bir funt ham topolmagan kunlarimiz bo‘lgan"

 

 

Kayl Uoker Chempionlar ligasida g‘alaba qozonganidan so‘ng qiyinchilikda o‘tgan bolaligi haqida so‘zlab berdi.

 

"Mening orzuyim amalga oshdi. Onam va dadam tribunada o‘tirishdi. Biz Sheffildlikmiz. Men ular bilan birga bu lahzani boshimdan o‘tkazganimdan juda ham baxtiyorman. Esimda, bolaligimizda muzqaymoq uchun hatto bir funt ham topilmagan kunlarimiz bo‘lgan. Men juda ham baxtiyorman. Klubda muvaffaqiyatga erishish orzuyim edi, bu ham ushaldi. Trebl - aql bovar qilmaydigan yutuq. Men olti yildan beri shu yerdaman va bu klub menga bergan hamma narsa uchun men ulardan abadiy qarzdorman", - dedi "Manchester Siti" himoyachisi.

 

"Bolaligimizda muzqaymoq uchun hatto bir funt ham topolmagan kunlarimiz bo‘lgan" | Zamon.uz