Jokovich Nadalni ortda qoldirdi
U «Katta dubulg‘a» turnirlarida 23-bor g‘alaba qozondi.

Novak Jokovich faoliyatida 3-bor "Rolan Garros"da g‘alaba qozondi. Serbiyalik tennischi finalda norvegiyalik Kasper Ruudni uch setda mag‘lub etdi. Shu tariqa Novak umumiy hisobda 23-bor "Katta dubulg‘a" musobaqalarida g‘olib chiqib, Rafayel Nadalni (22) ortda qoldirgan holda mutlaq rekordchiga aylandi. Shuningdek, 36 yoshli tennischi reytingda 1-o‘ringa qaytdi va 49 million 600 yevro sovrin jamg‘armasiga ega bo‘ldi.







