Sadio Mane Benzemaning o‘rnini bosoladimi?
Madridning “Real” klubi senegallik futbolchini sotib olmoqchi.

“Bavariya” yozgi transfer oynasida hujumchi Sadio Maneni sotib yubormoqchi. “Fichajes” nashrining xabariga ko‘ra, Myunxen klubi hujumchini taxminan 25-30 million yevroga qo‘yib yuboradi. Shu sabab senegallik futbolchini qo‘lga kiritish imkoniyatini fransiyalik hujumchi ketganidan so‘ng futbolchi izlayotgan "Real Madrid" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Senegallik hujumchi “Bavariya”ga o‘tgan yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda Chempionlar ligasida "Manchester Siti"dan mag‘lub bo‘lgan Mane jamoadoshi Leroy Sanening yuziga musht tushirib, katta muammoga duch keldi. Insayderlarning fikricha, shundan keyin klub senegalliklar bilan xayrlashishga qaror qilgan.







