Kilian Mbappe «Real» prezidentidan kechirim so‘ragani rostmi?
Yangi bir “doston” yaratilish arafasida.

Bu yozda bir nechta muhim bitimlar amalga oshirildi. Lionel Messi AQSHga, Karim Benzema Saudiya Arabistoniga, Jud Bellingem esa “Real”ga o‘tdi. Hozir esa hamma Kilian Mbappening xatti-harakati va uning kelajagini muhokama qilmoqda.
Yulduz hujumchi “PSJ” rahbariyatini kelasi yozda tugaydigan shartnomani uzaytirish niyatida emasligi haqida malum qildi. Bu haqda bir qator Yevropaning yetakchi nashrlari yozishmoqda. Keyinchalik maʼlumotni nufuzli insayder Fabritsio Romano tasdiqladi. Fransuz klubi boshliqlari futbolchining bu xatti-harakatidan norozi. Ikkita variant bor: yo Mbappe yangi shartnoma imzolaydi, yoki uni sotilshadi. Poytaxt jamoasi Kilianni bir yildan keyin erkin agent sifatida qo‘yib yubormoqchi emas.
Madridda mazkur vaziyat diqqat bilan kuzatilmoqda. “Marca” nashrining xabariga ko‘ra, “Real” Madrid» futbolchi transferining imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Ispaniyada Madrid klubi moliyaviy tomondan tayyor deyishmoqda. "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres transfer bozoriga jiddiy mablag‘lar bilan hujum qilishga tayyor, Mbappe esa tarkibni kuchaytirish uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Oldin "Real Madrid" Bellingem uchun munosib pul to‘lagandi (Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, 103 million yevro).
Madridliklar “PSJ” rahbarlarining harakatlaridan juda ham norozi. Ular Kilianni boshqa klubga sotish uchun barcha narsani ishga solishga tayyor deb o‘ylashmoqda. Klub 180 million yevro evaziga futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Baʼzi manbalarda parijliklar hujumchini “Real”dan boshqa istalgan klubga sotishi mumkinligi haqida maʼlumot tarqatilgan.
Jurnalist Aleysh Jenero hatto Kilian bir necha oy oldin Peresdan kechirim so‘raganini daʼvo qilmoqda. 2022 yilning yozida Mbappe “Real”ga o‘tadigandek tuyulgandi, ammo u so‘nggi daqiqada “PSJ” bilan shartnomasini uzaytirdi. Jurnalistning fikricha, Kilian bu qarorni hayotidagi eng yomon qaror deb hisoblaydi.
Darvoqe, parijliklarni Mbappening bu harakatlari hayratda qoldirdi, u o‘z qarori bilan maxsus xat yo‘lladi. Bizni yana bir katta doston kutayotganga o‘xshaydi. Va u qanday tugashini oldindan aytish qiyin. Jurnalist Manu Karrenoning maʼlum qilishicha, Parij klubi Mbappeni shu yozda sotishni rejalashtirmoqda, ammo “Real”ga emas. Biz esa voqealar rivoji kuzatishda davom etamiz.







