Madridning “Real” klubi Mbappeni sotib olishga tayyor
Voqealar rivoji tezlashmoqda.

Madridning "Real" klubi yozda “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashishga tayyor. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar berdi. Manbaga ko‘ra, "Real Madrid" hozirda faol ravishda markaziy hujumchi izlamoqda va Mbappe “PSJ” bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayotgani haqidagi xabardan so‘ng klub fransiyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Mbappe bilan doimo qiziqib kelgan va uni sotib olish bo‘yicha shartnoma dastlab 2024 yilga mo‘ljallangan edi. Biroq, yangi maʼlumotlardan so‘ng, Madrid klubi yozgi transfer oynasidayoq transferni amalga oshirishga harakat qilishi mumkin.







