Nosir Al-Xelayfi g‘azab otiga mindi
Sababi Mbappe “PSJ”dan ketishga qatʼiy qaror qildi.

“PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfi klub sport direktori Luis Kamposni hujumchi Kilian Mbappening klub bilan shartnomasini uzaytirish niyati yo‘qligini aytgan maktubidan so‘ng isteʼfoga chiqarishi mumkin. Bu haqda "Get French Football News" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, rahbariyat Mbappe atrofidagi vaziyatdan g‘azabda va bu Kamposning jamoadagi kelajakdagi taqdiriga taʼsir qilishi mumkin. Oldinroq “Real” Mbappeni yozgi transfer oynasiga sotib olishga harakat qilishi mumkinligi xabar qilingandi. Mbappe o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 43 o‘yinda maydonga tushib, 41 gol va 10 golli uzatmani amalga oshirdi.







