Sport

Saudiyaning to‘rtta klubi Obameyang uchun  jiddiy kurashmoqda

“Chelsi” futbolchini sotib yubormoqchi.

Saudiyaning to‘rtta klubi Obameyang uchun  jiddiy kurashmoqda

 

“Chelsi” hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. "Sky Sports" nashrining xabariga ko‘ra, gabonlik hujumchi xizmatlariga Saudiyaning to‘rtta jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, “Chelsi” yangi mavsumda futbolchi sotib yuborishi haqida xabar qilingandi. 33 yoshli futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 7 million yevroga baholamoqda. Obameyang joriy mavsumda barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Obameyang so‘nggi ikki mavsumni “Barselona”da o‘tkazdi, La Ligada u 18 ta o‘yinda 11 ta gol urdi.

 

Saudiyaning to‘rtta klubi Obameyang uchun  jiddiy kurashmoqda | Zamon.uz