"Bu meni umuman bezovta qilgani yo‘q"
Messi "Oltin to‘p" haqidagi savolga javob berdi.

"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish ehtimoli haqida gapirdi.
"Agar men yana g‘alaba qozonsam yoki uni qo‘lga kirita olmasam, hech narsa bo‘lmaydi. Men uchun individual emas, jamoaviy mukofotlar muhimligini doim aytib kelganman. Ayni paytda mening eng muhim mukofotim - bu jahon chempionligidir", - dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Messi 7 marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan. Yakunlangan 2022/2023 yilgi mavsumda Messi “PSJ” safida Fransiya chempionatida 32 ta o‘yinda qatnashib, 16 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yozda hujumchi erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o‘tdi.







