Fransiya prezidenti Mbappeni Parijda olib qolmoqchi
U muxlislarga vada bermoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening Parij klubida olib qolishga harakat qilishini vaʼda berdi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi. Parijlik yosh muxlislardan biri Makrondan Mbappeni “PSJ”da saqlab qolish uchun nimadir qilishni so‘ragan, unga prezident: "Men buni turib olishga harakat qilaman", deb javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe yozda “PSJ”ni tark etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hujumchiga "Real Madrid" va Angliyaning bir qator jamoalari qiziqish bildirmoqda. Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga yetadi. Bir yil oldin Makron Mbappe bilan gaplashib, uni “PSJ”da qolishga ishontirgan edi.







