Sport

"PSJ" erkalayotgan erkatoylar klubni masxara qilyaptimi?

Parijliklarning loyihasi qayta qurilishi mumkin.

"PSJ" erkalayotgan erkatoylar klubni masxara qilyaptimi?

 

“PSJ” jahon futbolidagi eng yulduzli hujum uchligini yo‘qotdi. Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma imzolamadi va "Inter Mayami"da o‘ynash uchun AQSHga ketdi. Neymarning ham Parijni tark etish ehtimoli katta. Braziliyalik futbolchi uchun asosiy variant Saudiyaning “Al-Hilol” klubi bo‘lib turibdi, unga arablar yiliga 200 million yevro taklif qilgan. “PSJ”ning asosiy futbolchisi Kilian Mbappe ham klubni tark etadi: hozir emas, yaqin kelajakda. Futbolchi rahbariyatni 2024-yilning yozida nihoyasiga yetadigan shartnomani uzaytirmasligi haqida ogohlantirgan. “PSJ” o‘zining ko‘plab yulduzlarini kechirib kelmoqda. Bugun ushbu voqealar rivoji ham maʼlumot taqdim etamiz.

 

Birinchi mojarolarni Neymar uyushtirgan. Braziliyalik futbolchi uzoq vaqtdan beri rahbariyat va muxlislarni g‘azablantirib keladi. Neymar Braziliyaga uchib ketish va u yerda qarindoshlarining tug‘ilgan kunlarini nishonlagani uchun ko‘p diskvalifikatsiya qilindi va jarohatlar oldi. Neymar o‘z qasrida ham doimiy ravishda ziyofatlar uyushtirib turadi, bu bir paytlar hatto braziliyalik yashaydigan Bujival shahri merini ham g‘azablantirgan. Hujumchi dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri va “PSJ”ning ajoyib o‘yinchisi. Lekin Neymar o‘yinlarni tez-tez o‘tkazib yuboradi va maydondan tashqarida u juda ko‘p ortiqcha ishlarni amalga oshiradi.

 

“PSJ” rahbarlari Neymarga boshqa chidashni xohlamaydilar

 

Messi bilan bo‘lgan asosiy janjal Leoning Fransiya chempionatining oxirida sodir bo‘ldi. Argentinalik futbolchi Liga 1ning 33-turidan o‘rin olgan Lorenga qarshi o‘yindan so‘ng (1:3) Saudiya Arabistoniga uchib ketdi. Jamoa ixtiyorida bo‘lib turgan futbolchining bu qarori klub rahbariyatini g‘azablantiradi. “Goal” nashrining “LʼEquipe” nashriga tayanib xabar berishicha, jahon chempioni “PSJ”ning qatarlik boshliqlaridan tegishli ruxsat olgan. Biroq, bu yetarli emas deb qabul qilindi. Hamda futbolchi Parijga qaytganidan so‘ng kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi.

 

Tabiiyki, Messining xatti-harakati hamma jamoadoshlariga ham yoqmadi. Baʼzilar Leoning bu harakatini jamoaga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblashdi. “PSJ” futbolchini ikki haftaga mashg‘ulotlar va o‘yinlardan chetlatdi.

 

Nega Messining “PSJ”dagi davri fransuz klubi uchun omadsiz tugadi?

 

“PSJ”ning asosiy yulduzi va ayni paytda asosiy dardi - Kilian Mbappe. Har bir transfer oynasida parijlik boshliqlar bo‘lajak hujumchi bilan bog‘liq vaziyat tufayli asabiylashadi. 2022-yilning yozida Mbappe “PSJ” bilan 2024-yilgacha (bir mavsum uzaytirish varianti bilan) yangi shartnoma imzoladi. Bungacha OAV Kilianni “Real”ga o‘tishi haqida yozishgandi. Fransiyalik futbolchining bir oyog‘i bilan Ispaniyada edi, biroq so‘nggi lahzada fikridan qaytdi va “PSJ”da qoldi. Kilianning o‘zi ham doim Madridda o‘ynashni va o‘z kumiri Krishtianu Ronaldu yo‘lidan borishni orzu qilgan. “PSJ” bilan shartnoma imzolaganidan bir necha oy o‘tgach, Mbappe loyihadan ko‘ngli to‘ldi. Biroq, u klubning transfer siyosatidan norozi edi. Dostonning yangi epizodi 2023-yilning 12-iyunida boshlandi: Mbappe “PSJ” rahbariyatini yangi shartnoma imzolamasligi haqida xabardor qildi. Maʼlumotni futbolchining vakillari ham tasdiqlashdi. Klub futbolchidan g‘azablanib, unga ultimatum qo‘ydi: yo shartnomani uzaytirish yoki shu yozda transfer. Parijliklar Kilianni bir yildan keyin erkin agent sifatida qo‘yib yuborishmoqchi emas. Hujumchi faoliyatini davom ettirishning eng ko‘p varianti - "Real Madrid" hisoblanadi.

 

Mbappening “PSJ” bilan shartnoma bo‘yicha qarori tafsilotlari

 

“PSJ”ning uchta asosiy yulduzi jamoani tom maʼnoda masxara qilishdi. Bunga esa rahbariyat aybdor. “PSJ” rahbarlarining o‘zlari Messi, Mbappe va Neymarga juda katta imkoniyatlar yaratib berildi.  Bu sadoqat esa ziyonga o‘ynadi: futbolchilar klubdan minnatdor emas, aksincha ular jamoadan tezroq ketishni xohlashadi. Yulduzlar bilan bog‘liq vaziyat “PSJ”ni loyihaning to‘g‘ri yo‘nalishi haqida o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi tayin.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"PSJ" erkalayotgan erkatoylar klubni masxara qilyaptimi? | Zamon.uz