“PSJ” prezidenti Saloh bilan muzokara olib bormoqda
U futbolchini Messiga o‘rinbosar sifatida ko‘ryapti.

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “PSJ”ga o‘tishi mumkin. "Get French Football News" nashrining "Sports Zone" nashriga tayanib xabar berishicha, Parij klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi Marokashda 31 yoshli futbolchi bilan uchrashgan. Ular jahon chempionatidan keyin faol muloqot qilishgan. Al-Xelayfi Salohni argentinalik hujumchi Lionel Messiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Qayd etilishicha, misrlikning transferi bo‘yicha kelishuvga erishish qiyin bo‘ladi.
Saloh o‘tgan mavsumda “Liverpul” tarkibida 38 o‘yinda maydonga tushib, 19 gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ingliz klubi bilan shartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 70 million yevroga baholamoqda.







