O'zbekiston

Jizzaxda 60 ga yaqin kishi ovqatdan zaharlandi

Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan

Jizzaxda 60 ga yaqin kishi ovqatdan zaharlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida 44 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi hodisa yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25-26-iyun kunlari 57 nafar fuqarolar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ich ketish va tana harorati ko‘tarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.

Dastlabki laboratoriya tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, fuqarolarga "O‘tkir diareya" ovqatdan zaharlanish tashxisi qo‘yilib, tibbiy muolajalarni amalga oshirish uchun barchasi shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan, 46 nafari qoniqarli ahvolda ekani maʼlum bo‘lgan.

Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida bemorlar Jizzax shahridagi oshxonalarning birida ovqatlanganligi aniqlanib, hodisa joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarining namunalari bo‘yicha va barcha bemorlarga nisbatan tegishli ekspertizalar tayinlanib, soha mutaxassislari jalb etilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgan, deyiladi rasmiy xabarda.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Darsdan chiqarib, xonaga olib kirgan: o‘quvchiga shilqimlik qilgan texnikum xodimi ishdan olindi

Shuningdek, yana ikki xodim ishdan bo'shatilib, uch nafariga hayfsan berilgan.

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

1,2 kg dan ortiq narkotik moddalar: Toshkentda internet narkodo‘koni “zakladchik”i ushlandi

Yigit muqaddam o‘g‘irlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo bo‘yicha davlat vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Toshkentda havo sifati bo‘yicha ogohlantirish berildi: o‘zgarish qachon kuzatiladi?

Poytaxtda tunda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin. Kunduzi esa vaziyat yaxshilanishi kutilmoqda.

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

Issiqlik elektr stansiyalarida 9 oyda 7 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida qariyb 28 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va tejaldi.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi o‘zgarish, Erkinjon Turdimov Bosh vazir birinchi o‘rinbosari hamda ta’lim va fan vaziri bo‘ldi, ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi

Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Yaman chegarasidan uzoqroq turing: Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Shuningdek, mintaqadagi keskinlik sababli parvozlar kechikishi yoki yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin.