"Al Ahli" Mane va Firminoni birlashtirmoqchi
Klub senegallik futbolchiga shartnoma taklif qilmoqda.

Saudiyaning “Al-Ahli” klubi “Bavariya” hujumchisi Sadio Manega qiziqish bildirmoqda. Saudiyaliklar senegallik futbolchini “Liverpul”da birga o‘ynagan hujumchi Roberto Firmino yana birga o‘ynashga chaqirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
31 yoshli Mane 2022 yilda “Liverpul”ni tark etib, “Bavariya”ga o‘tgan edi. Myunxenda Sadio 38 uchrashuvda 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Firminoning “Al-Ahli”ga tekinga o‘tgani maʼlum bo‘lgandi. Braziliyalik hujumchi klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi.







