"Liverpul" vaziyatdan foydalanmoqchi
“PSJ” klubdan Mbappe bo‘yicha taklif oldi.

“Liverpul” “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Edu Agirrening futbolchiga yaqin manbalariga tayangan holda xabar berishicha, “PSJ” Mbappeni transfer qilish uchun “Liverpul”dan 200 million yevrolik taklif olgan. Qayd etilishicha, ingliz klubi muzokaralarda tezkorlik bilan harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024/2025-yilgi mavsum uchun “PSJ” bilan shartnomani avtomatik ravishda uzaytirish variantidan voz kechgani va 2024-yilning yozida u erkin agentga aylanishi mumkinligi maʼlum bo‘lgandi. OAV xabariga ko‘ra, hujumchi yozgi transfer oynasida “Real”ga o‘tmoqchi. 24 yoshli forvard joriy mavsumda parijliklar safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







