"PSJ" o‘z loyihasi uchun mukammal murabbiyni tanladi"
Luis Enrike Parij klubiga o‘tgani haqida fikr bildirdi.

“PSJ”ning yangi bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya klubiga tayinlangani haqida gapirdi.
“PSJ” o‘z loyihasi uchun mukammal murabbiyni tanladi. Men buni his qilyapman. Loyiha va menga taklif qilinayotgan imkoniyatlardan kamdan kam odam foydalana oladi. Transfer bozorida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishamiz, muvaffaqiyatsizliklar ham bo‘ladi. Men ko‘p qarorlar qabul qilishim kerakligini bilaman. Ko‘pchilik futbolchilar uchun “PSJ” kabi yirik klubga moslashish qiyin", - dedi Enrike.
Eslatib o‘tamiz, parijliklarning avvalgi bosh murabbiyi Kristof Galtye edi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumda Fransiya chempioniga aylandi.







