"Al-Ittifoq" Xendersonga katta maosh taklif qildi
Buni “Liverpul” to‘lolmaydi.

“Al-Ittifoq” “Liverpul” sardori Jordan Xendersonga jiddiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub futbolchiga haftasiga 800 ming yevrodan ko‘proq maosh to‘lashga tayyor. Xendersonning “Liverpul”dagi maoshi haftasiga 221 ming yevroni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, yaqin 24 soat ichida “Liverpul” sardori klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan muzokara olib boradi va u bilan jamoadagi istiqbollarini muhokama qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Xenderson “Liverpul”da 2011 yildan buyon to‘p suradi. Forvardning klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan.







