“Bavariya” Manega chiqish eshiklarini ko‘rsatdi
Klub futbolchidan hech narsa umid qilmasligini aytgan.

“Bavariya” Sadio Manega yangi jamoa izlashda erkinligini maʼlum qildi. “Kicker” nashri jurnalisti Georg Xolznerning so‘zlariga ko‘ra, qanot hujumchisiga klub kelgusi mavsumda unga ishonmasligi haqida allaqachon qaror qabul qilgan. Myunxenliklar futbolchini sotish, jumladan maoshini tejash niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Mane 2022-yilning yozida “Bavariya”ga o‘tgan edi. U Bundesligada 25 o‘yinda 7 ta gol urgan.







