"Manchester Siti" 4,6 million dollarga ega bo‘ldi
Bu barcha Afrika klublarining umumiy daromadidan ham ko‘p.

FIFA 2022-yilgi jahon chempionatida futbolchilarning ishtiroki uchun klublarga to‘langan to‘lovlar bo‘yicha hisobotini eʼlon qildi.
"Manchester Siti" 2022-yilgi jahon chempionati yakunida eng ko‘p pul ishlab topdi. Futbolchilarning Qatardagi jahon chempionatidagi ishtiroki uchun klub deyarli 4,6 million dollar olgan. Bu Afrikadagi barcha klublarning daromadidan (4,57 million dollar) ko‘p. To‘lovlar miqdori bo‘yicha 2-o‘rinni “Barselona” (4,5 million dollar), 3-o‘rinni “Bavariya” (4,3 million), 4-o‘rinni “Real” (3,83 million), 5-o‘rinni “PSJ” (3,8 million dollar) egalladi.







