Podadan ajralganlar uchun maxsus reja
“PSJ” sotmoqchi bo‘lgan futbolchilar bilan alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

“PSJ” klub sotmoqchi bo‘lgan futbolchilar uchun alohida mashg‘ulot guruhini tashkil qildi. "RMC Sport" xabariga ko‘ra, chorshanba kuni “PSJ” rahbariyati baʼzi futbolchilar bilan yig‘ilish o‘tkazib, kelgusi mavsumda ular bilan hisoblashmayotganini aytishgan. Avvalgi mavsum oldidan yangi klub izlash so‘ralgan futbolchilar alohida guruhda mashg‘ulot o‘tkazishadi.
Bu ro‘yxatga kiritilgan futbolchilari qatoriga o‘tgan mavsumda “Sanderlend”da ijara asosida o‘ynagan Leven Kurzava, Eduard Mishu, Vimoges Muntu-Va-Mungu, Mutanabi Bodyang, Nehemya Fernandes va yana bir qancha futbolchilar kirishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu futbolchilar kelasi haftada Yaponiya bo‘ylab “PSJ” bilan safarga chiqmaydi.







