Sport

O‘zbekistonlik kurashchi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

Iordaniya navbatdagi sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

O‘zbekistonlik kurashchi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

 

Iordaniyaning Amman shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-15 va U-20 yosh toifalarida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytgacha 15 yoshgacha bo‘lgan kadetlar bahsi yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 1 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ Axborot xizmati xabar berdi. Bugundan 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar bahsi boshlanadi.

 

Kadetlar toifasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar bilan tanishing:

Oltin medal:

-48 kg: Ulug‘bek Rashidov (erkin kurash)

Kumush medal:

-38 kg: Jahongir To‘lqinov (erkin kurash)

-85 kg: Behruz Bahodirov (erkin kurash)

-52 kg: Ovezdurdi Saparmuratov (yunon-rum kurashi)

-39 kg: Shohista Shonazarova (qizlar kurashi)

-54 kg: Munisa Mingyasharova (qizlar kurashi)

-66 kg: Muhayyo Rahimjonova (qizlar kurashi)

Bronza medal:

-62 kg: Farruhbek Jumanazarov (erkin kurash)

-68 kg: Jafar Jalilov (erkin kurash)

-75 kg: Bunyod Rufatov (erkin kurash)

-38 kg: Abdushukur Nurgeldiyev (yunon-rum kurashi)

-41 kg: Abbos Omonboyev (yunon-rum kurashi)

-48 kg: Shohjahon Eshmirzayev (yunon-rum kurashi)

-57 kg: Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi)

-62 kg: Og‘abek Askaraliyev (yunon-rum kurashi)

-68 kg: Behruzbek Valiyev (yunon-rum kurashi)

-85 kg: Sayidamir Neʼmatov (yunon-rum kurashi)

-62 kg: Laylo Orazboyeva (qizlar kurashi)

O‘zbekistonlik kurashchi xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi | Zamon.uz