Bo‘ron tufayli Messi va Busketsning taqdimoti ikki soat kechikdi
Barcha chiptalar sotilgan bo‘lsa-da, tribunalar to‘liq to‘lmagan.

Mayamida argentinalik hujumchi Lionel Messi va ispaniyalik yarim himoyachi Serxio Busketsning taqdimoti boshlandi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.
Taqdimot bo‘ron tufayli deyarli ikki soat kechikib boshlandi. Taʼkidlanishicha, taqdimot uchun barcha chiptalar sotilgan bo‘lsa-da, tribunalar to‘liq to‘ldirilmagan. Biroq, yomon ob-havo tufayli ko‘plab muxlislar kelishdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi erkin agent sifatida "Inter Mayami"ga o‘tdi. U AQSH klubida 10-raqam ostida o‘ynaydi.







