“Inter” Kuadradoni bir yilga sotib oladi
Himoyachi “Yuventus”ni erkin agent sifatida tark etadi.

Xuan Kuadrado faoliyatini “Inter”da davom ettiradi. Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi milanliklar bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Tomonlar allaqachon uning shartlarini kelishib olishgan. Kolumbiyalik futbolchi “Yuventus”da 11 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda A Seriyada Kuadrado 31 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan.







