Prezidentlarning inauguratsiyalari qanday o‘tadi?

Zamon.uz turli mamlakatlarda o‘tgan inauguratsiya marosimlari haqida maʼlumot to‘pladi.

Prezidentlarning inauguratsiyalari qanday o‘tadi?

 

Inauguratsiya — davlat boshlig‘ining shu oliy lavozimini bajarishga kirishishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosim. Tarixi Qadimgi Rimga borib taqaladigan ushbu marosim baʼzi davlatlarda dabdabali, ayrimlarda esa ixcham tashkil etiladi. Zamon.uz turli mamlakatlarda o‘tgan inauguratsiya marosimlari haqida maʼlumot to‘pladi.

 

 

Rajab Tayyib Erdog‘an inauguratsiyasi, 2023 yil.

 

Anqaradagi Turkiya parlamenti binosida joriy yilning 3 iyun kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdog‘anning qasamyod qilish va inauguratsiyasining tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari vakillari - davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, yuqori darajadagi rasmiy shaxslar hamda Turkiy davlatlar tashkiloti, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari qatnashdi. Xususan, marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etgan.

 

 

Qasim-Jomart Toqayev inauguratsiya marosimi, 2022 yil.

 

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Mustaqillik saroyida Qozog‘iston xalqiga qasamyod qabul qilish marosimida.

 

 

Emomali Rahmon inauguratsiyasi, 2020 yil.

 

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning oxirgi inauguratsiya marosimi pandemiya davri, yaʼni 2020 yilda o‘tkazilgan.

 

 

 

Serdar Berdimuhamedov inauguratsiyasi, 2022 yil.

 

Davlatni boshqarish otameros qolgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiya marosimi 2022 yilda Ashxobodda o‘tkazilgan. Tojikistonda ushbu marosimga tantanali marsh sadolari ostida Faxriy qorovul askarlari zalga Davlat bayrog‘i, prezidentining shtandarti, Konstitutsiya, prezidentining Faxriy ko‘krak nishoni, shuningdek Qurʼoni Karim olib kiradi.

 

 

Sadir Japarovning inauguratsiyasi, 2021 yil.

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi 2021 yilda bo‘lgan. Marosimda u xalq manfaati yo‘lida mehnat qilishga vaʼda berib, qasamyod qilgan. Prezidentga Markaziy saylov komissiyasi davlat ramzlari — ko‘krak nishoni va prezident shtandelini topshirgan.

 

 

 

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi, 2023 yil.

 

Shavkat Mirziyoyev kuni kecha, 14 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston prezidenti sifatida, bir vaqtning o‘zida, Konstitutsiya va Qurʼon kitoblariga qo‘lini qo‘yib qasamyod qildi.

 

 

Vladimir Putin inauguratsiyasi, 2018 yil.

 

Rossiya Federatsiyasi prezidentining lavozimga kirishish marosimi katta Kreml saroyida o‘tkaziladi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimiga kirishgach, Federatsiya Kengashi aʼzolari, Davlat Dumasi deputatlari va Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari ishtirokida tantanali ravishda qasamyod qiladi.

 

Rossiyada yangi saylangan davlat rahbarining inauguratsiyasida prezidentlik hokimiyati ramzlari — prezident belgisi va shtandart, shuningdek, konstitutsiyaning nusxasi qo‘llaniladi.

 

Shuningdek, Kreml qirg‘og‘i tomonidan 30 o‘qdan iborat artilleriya salyuti otiladi. Bu harbiy unvonlar iyerarxiyasidagi eng ko‘p otishmalar soni. Boisi, davlat rahbari Rossiya qurolli kuchlarining oliy qo‘mondoni hisoblanadi.

 

 

 

Jo Bayden inauguratsiyasi, 2021 yil.

 

AQSHdagi tantanali marosim anʼanaviy tarzda Vashingtonda 20 yanvar kuni o‘tkaziladi. Shu kuni isteʼfoga chiqqan prezidentning vakolatlari rasman tugaydi.

 

Anʼanaga ko‘ra, yangi davlat rahbarini tabriklash uchun deyarli barcha sobiq prezidentlar keladi.

 

 

Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasi, 2020 yil.

 

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimi 2020 yilda Minskda o‘tkazilgan. Marosim oldindan eʼlon qilinmagan. Tadbirda  faqatgina yuqori amaldorlar va parlament aʼzolari ishtirok etgan, xolos.

 

 

Nikolas Maduroning inauguratsiyasi, 2023 yil.

 

Venesuela prezidenti  Nikolas Maduroning inauguratsiya marosimi joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tdi. Qasamyod qilish marosimini mamlakat poytaxti Karakasda Milliy Assambleya spikeri Diosdado Kabello o‘tkazgan.

 

 

Emmanuel Makron inauguratsiyasi, 2022 yil.

 

Boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, Fransiyada prezident qasamyod qilmaydi. Protokolga ko‘ra, Fransiyaning isteʼfoga chiqqan va yangi saylangan prezidentlari Yelisey saroyi zinapoyasida uchrashadi. Keyin eski davlat rahbari yangisiga yadroviy chamadonni topshiradi va sobiq qarorgohini tark etadi.

 

Muxtasarxon Toshpo’latova

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezidentlarning inauguratsiyalari qanday o‘tadi? | Zamon.uz