Belerin "Real Betis"ga erkin agent sifatida qo‘shildi
U avval ham bu klubda o‘ynagan.

“Betis” Ektor Belerin bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Ilgari “Barselona” va “Arsenal”da to‘p surgan 28 yoshli himoyachi "Sporting Lissabon" bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng, “Betis”ga tekinga o‘tdi.
Bellerin 2021/22-yilgi mavsumda “Betis”da ijara asosida o‘ynagan va jamoa bilan Ispaniya kubogini yutgandi.







