“Real”ning o‘tgan mavsumdagi daromadi maʼlum bo‘ldi
Klubning qarzi ancha qisqargan.

"Real Madrid" 2022/2023-yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotini eʼlon qildi. Madrid klubining transferlarsiz daromadi 843 million yevroni tashkil etdi. Bu "Qirollik klubi"ning pandemiya boshlanganidan beri eng yaxshi ko‘rsatkichidir. 2018/2019-yilgi mavsumda «Real Madrid»ning daromadi 757 million yevroni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022/2023-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, klubning sof qarzi 263 million yevrodan 47 million yevroga qisqardi.







