Tuxel Tchuamenini “Bavariya”da ko‘rmoqchi
“Real” taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

"Real" yarim himoyachisi Aureliyen Tchuameni “Bavariya”ning transfer maqsadlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda “Sport1” nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachi pozitsiyasiga yangi o‘yinchi sotib olmoqchi. Myunxenga Sofyan Amrabat va Edson Alvares taklif qilingandi, ammo murabbiy kuchliroq futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.







