Luis Suares "Inter Mayami"ga o‘tishni xohlaydi
U sobiq jamoadoshlari bilan birga o‘ynamoqchi.

“Gremio”ning urugvaylik hujumchisi Luis Suares Braziliya klubi rahbariyati bilan shartnoma bekor qilingani uchun tovon puli borasida muzokara olib bora olmadi.
“ESPN” nashri xabariga ko‘ra, Suares jamoani tark etish uchun olgan daromadining jami 10 million dollarini qaytarishga tayyor, ammo Gremio ham urugvaylik futbolchining 2023 yilda boshqa klubda o‘ynamasligiga kafolat berishni istaydi. Qayd etilishicha, 36 yoshli hujumchi "Inter Mayami"da “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari Lionel Messi va Serxio Buskets bilan birga o‘ynashni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Suares Urugvayning “Nasional” klubidan so‘ng o‘tgan yildan beri Braziliyaning “Gremio” klubida o‘ynamoqda.







