Mbappe “Real”ga o‘tsa yiliga 54 million yevro maosh oladi
Xabarlarga ko‘ra futbolchi allaqachon Madrid klubi bilan shartnoma imzolagan.

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tganida yiliga 54 million yevro oladi. Bu haqda "El Debate" nashri xabar berdi. Manba bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchi allaqachon ispan klubi bilan shartnoma imzolagan.
"Real Madrid" Mbappening transferi uchun 180 million yevrodan ko‘p pul to‘lamoqchi emas. Fransuz klubi 180 million yevro, shuningdek, taxminan 47 million yevro bonus olishni istamoqda.







