37 yoshli David Silva faoliyatini yakunladi
U ispan jamoasi bilan shartnomani bekor qiladi.

David Silva professional futboldagi faoliyatini yakunladi. Qaror, 37 yoshli “Sosedad” yarim himoyachisi shu hafta mashg‘ulot paytida olgan jarohati bilan bog‘liq. Silvaning “basklar” bilan 2024 yilning iyunigacha hisoblangan shartnomasi bekor qilinishi kutilmoqda.
37 yoshli futbolchi 2010-yildan 2020-yilgcha "Manchester Siti" safida to‘p tepgan. Silva bu davr ichida 436 ta o‘yinda ishtirok etib, 77 gol va 140 ta golli uzatma muallifiga aylandi. David “Siti” bilan to‘rt bor Premer Ligada g‘olib chiqqan. Shuningdek, besh marta Angliya Liga Kubogi va ikki marta Angliya Kubogiga ega chiqdi.







