Messi "Inter Mayami"dagi birinchi golini oilasi bilan nishonladi
Shu tariqa hujumchi jamoasiga g‘alaba keltirdi.

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi "Kruz Azul"ga qarshi MLS+MX liga kubogi 1-tur uchrashuvida Amerika jamoasi safida debyut o‘yinida jarima zarbasidan gol urdi. Gol urilganidan keyin argentinalik buni oilasi bilan nishonladi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" futbolchilari 44-daqiqada hisobni ochishdi: Robbi Robinsonning uzatmasidan Robert Teylor gol urdi. Meksika klubi vakillari ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni tenglashtirishdi. Messining 90+4-daqiqada urgan goli esa jamoasiga g‘alaba keltirdi.







