Sport

Saudiyaliklar Mbappeni bir mavsumga sotib olmoqchi

“PSJ” hujumchini arab klubiga o‘tishiga qarshi emas.

Saudiyaliklar Mbappeni bir mavsumga sotib olmoqchi

 

Saudiya futboli rahbariyati fransiyalik “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappeni mahalliy liga klublaridan biriga taklif qilmoqchi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Mbappening transferi bo‘yicha taklif tayyorlab qo‘ygan. Rahbariyat bu o‘tishni amalga oshirishga tayyor, hatto bir yildan keyin u “Real”ga ketsa ham. Mbappening o‘zi faoliyatini Yevropada davom ettirishni rejalashtirmoqda, bu esa uning Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishini qiyinlashtiradi. “PSJ” hujumchini arab davlatiga sotishga qarshi emas.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"