“Al-Hilol” Mbappa uchun mavsumiga 700 million yevro maosh to‘lamoqchi
“PSJ” muzokara boshlashga ro‘xsat bergan.

Saudiyaning “Al-Hilol” klubi fransiyalik “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash niyatida. Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi fransiyalik futbolchiga 700 million yevro maosh bilan bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Oldinroq “Al-Hilol” “PSJ”ga 24 yoshli Mbappening transferi bo‘yicha 300 mln yevro evaziga rasmiy taklif bilan chiqqani haqida xabar berilgandi. Fransuz klubi o‘z hujumchisiga Saudiya jamoasiga o‘tish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga ruxsat bergan.







