"Tarkibni yanada kuchaytirish kerak"
Enrike “PSJ” haqida gapirdi.

Luis Enrike “PSJ” tarkibini o‘zgartirish kerak deb hisoblamoqda.
"Bir necha haftalik mashg‘ulotlardan so‘ng shunday taassurot qoldi. Gap nafaqat klubning maqomi va mehnat sharoiti, balki futbolchilarning mahoratiga ham tegishli. Ammo tarkibni hali ham kuchaytirish kerak, shuningdek, transferlarni ham yo‘lga qo‘yish lozim. Tur davomida biz o‘yinlardan jamoani batafsil ko‘rish va natijalarga erishish uchun foydalanamiz", - dedi “PSJ” bosh murabbiyi.







