Sport

“Al-Hilol” Grizmannga yiliga 40 million yevro shartnoma taklif qildi

Futbolchiga Saudiyaning boshqa jamoasi ham qiziqmoqda.

“Al-Hilol” Grizmannga yiliga 40 million yevro shartnoma taklif qildi

 

Antuan Grizmann Saudiya Arabistonidan katta taklif oldi. Jurnalist Ashraf Ben-Ayadning yozishicha, yaqinda “Al-Hilol” Atletiko forvardiga yiliga 40 million yevro to‘lashga tayyor ekanliklarini maʼlum qilgan.

 

32 yoshli fransiyalik futbolchiga avvalroq “Al-Nasr” ham  qiziqish bildirayotgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, Grizmann o‘tgan mavsumda La Liganing 38 o‘yinida 15 ta gol urdi.

 

“Al-Hilol” Grizmannga yiliga 40 million yevro shartnoma taklif qildi | Zamon.uz