Sport

Besh nafar o‘zbekistonlik sportchi JChda ishtirok etadi

Musobaqa Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.

Besh nafar o‘zbekistonlik sportchi JChda ishtirok etadi

 

19-27-avgust kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng kuchli atletlari qatnashadigan musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi. Butunjahon yengil atletika federasiyasi mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi qatnashishini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Yekaterina Voronina yetti kurash, Sharifa Davronova uch hatlab sakrash, Anvar Anvarov uzunlikka sakrash, Safina Sadullayeva balandlikka sakrash, Yekaterina Tunguskova marafon yugurish dasturlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Qayd etish joiz, bellashuvlar davomida sportchilarimiz Parij-2024 normativlarini bajarishsa, Olimpiada yo‘llanmalarini ham qo‘lga kiritishlari mumkin. Yurtdoshlarimiz musobaqada quyidagi sanalarda chiqishadi:

 

19-avgust: Yekaterina Voronina (100 metrga to‘siqlar osha yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish), Sharifa Davronova (saralash);

 

20-avgust: Yekaterina Voronina (uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 800 metrga yugurish);

 

21-avgust: Sharifa Davronova (final);

 

23-avgust: Anvar Anvarov (saralash);

 

24-avgust: Anvar Anvarov (final);

 

25-avgust: Safina Sadullayeva (saralash);

 

26-avgust: Yekaterina Tunguskova (final);

 

27-avgust: Safina Sadullayeva (final).

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"